Andijonda ayollarning subsidiyalari o‘zlashtirildi

Andijonda ayollarning subsidiyalari o‘zlashtirildi
Andijon viloyatida subsidiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Andijon viloyatida tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv davomida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qaroriga asosan davlat tomonidan ajratilgan subsidiyalar o‘zlashtirilib yuborilgani aniqlandi. Jalolquduq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi mansabdor shaxslari "S.T.X" MChJ direktori bilan til biriktirib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan shaxslar 25 nafar ishsiz ayollarni turli ijtimoiy daftarlarga, jumladan, "Temir daftar", "Ayollar daftar", "Yoshlar daftar" ko‘rsatib, Yagona ijtimoiy ta’minot reestriga ham kiritib, ish joyiga oid soxta hujjatlar taqdim etgan. Qayd etilishicha, ular kasanachi sifatida ro‘yxatga olinib, jami 247,5 million so‘mlik zarur tikuv jihozlari bilan ta’minlangan. Biroq, aslida, bularning hech biri sodir bo‘lmadi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1