Avtomobil kanaldan olib chiqildi - Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 10-oktabr kuni soat taxminan 21:40da Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga "112" telefon raqamiga qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Qo‘ng‘iroqda aytilishicha, "Matiz" rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Qalqonrud kanaliga borib ketgan. Hodisa G‘ijduvon tumanidagi Baqollar mahallasida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqish ishlarini boshladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari va maxsus texnikadan foydalanish natijasida avtomashina muvaffaqiyatli olib chiqildi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga va yo‘lda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.