Elektr energiyasini o‘g‘irlash holati aniqlandi - Bosh prokuratura departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura departamentining Pastdarg‘om tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, mas’ul shaxslar K.O. MChJ "Mirzo Ulug‘bek" MFY hududida joylashgan korxona binosini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, elektr energiyasidan tijorat maqsadida foydalangan. Elektr ta’minoti korxonasiga yetkazilgan jami zarar 165,5 million so‘mni tashkil etdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "O‘g‘irlik" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining ushbu moddasida 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.