Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat xodimi qo‘lga olingan.
DXX xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament hududiy boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida 50 sotix qishloq xo‘jaligi yerlarining hosildorligiga zarar yetkazgan fermerga nisbatan chora ko‘rmaslikni va’da qilib, 3000 AQSh dollarini talab qilgan Samarqand viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi xodimi qo‘lga olindi. Hibsga olish fermerdan 2500 dollar olayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs avvalroq 500 dollar miqdorida avans olgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasining 3-qismi va "Jinoyat ishtirokchilarining turlari" moddasi orqali "Pora berish" moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchi 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.