Sergeli tumanidagi 300-maktabda o‘g‘il bolalar qiz bolani tepdi

Sergeli tumanidagi 300-maktabda o‘g‘il bolalar qiz bolani tepdi
Toshkent shahar maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha o‘g‘il bolalar sinfdoshini tepayotgani aks etgan video tarqaldi. Hodisa joriy yilning 20 sentabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 300-maktabda sodir bo‘lgan. 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida mojaro kelib chiqqan, bu vaqtda bir necha o‘g‘il bir qizni tepgan. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi ushbu holat yuzasidan hududiy profilaktika inspektoriga xabar berdi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ikki o‘g‘ilning ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Kodeksining "Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik" moddasi bilan ma’muriy bayonnoma qo‘zg‘atilgan. Bolalarning ota-onalari bilan ham profilaktika ishlari olib borilib, maktab direktori va boshqa mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1