Toshkentdagi maktablardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi maktablardan birida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 13 oktabr kuni soat taxminan 17:23 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga "112" tezkor xizmati tizimiga Shukur Burxonov MFY Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-sonli umumta’lim maktabi hududidagi ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bino tomida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari jo‘natilgan. Ular 17:28 da yetib kelishdi. Yong‘in ikki daqiqada qurshab olindi va soat 17:42 da to‘liq o‘chirildi.

Qayd etilishicha, yong‘in vaqtida binoda xodimlar va o‘quvchilar bo‘lmagan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘inning dastlabki sababi, ta’mirlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Zarar miqdori o‘rganilmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1