Andijon viloyatida 12-oktabr kuni voyaga yetmaganlar ishtirokida og‘ir YTH sodir bo‘ldi. Hodisa vaqtida Nexia haydovchisi belgilangan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki o‘smirni urib yuborgan.
Voqea 14:30 atrofida Andijon tumanidagi Qurama mahallasi hududidan o‘tuvchi A-373 xalqaro yo‘lining 343-kilometrida sodir bo‘lgan. Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "Neksiya-3" rusumli avtomashinani 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro S.R.
To‘qnashuv natijasida kichik piyodalardan biri og‘ir tan jarohati olgan - chap oyoqning yopiq sinishi. Jarohat olgan bola zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga yetkazilib, shifoxonaga yotqizilgan. Ikkinchi bola mo‘’jizaviy tarzda zarar ko‘rmadi.
Hozirda ushbu hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.