Buxoroda sud xodimining noqonuniy xatti-harakatlari fosh etildi - Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
DXX xodimlari Bosh prokuratura departamenti xodimlari bilan birgalikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi arxivining yuqori lavozimli xodimi qo‘lga olindi. Hibsga olish u 600 dollarni olayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, u bor-yo‘g‘i 700 AQSh dollari evaziga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Yolg‘on xabar berish" va "Yolg‘on guvohlik berish" moddalari bilan ayblanayotgan, ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida ko‘rib chiqilayotgan sudlanuvchiga nisbatan jazo muddatini qisqartirish va hukm o‘zgarmasligini yordam berishni tanishlari orqali va’da qilgan. U xizmatlari uchun oldindan 100 dollar olgan.
Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyatchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.