1 milliard so‘mlik velosiped qismlarini noqonuniy ravishda O‘zbekistonga olib kirishga urindi

1 milliard so‘mlik velosiped qismlarini noqonuniy ravishda O‘zbekistonga olib kirishga urindi
Tovarlarni noqonuniy olib kirishga urinish aniqlandi - Davlat bojxona qo‘mitasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati "Do‘stlik" chegara bojxona posti xodimlari Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kirib kelayotgan yuk avtomashinasini qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazdi. Qayd etilishicha, tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgandan so‘ng yuk mashinasi xavfni baholash tizimi tomonidan "qizil" yo‘lakka ajratilgan. Shundan kelib chiqib, yuk mashinasi har tomonlama ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida umumiy qiymati 10 000 AQSH dollari bo‘lgan 12 ta buyum orasida velosiped va mototsikllarning turli ehtiyot qismlari yashiringanligi aniqlangan. Yuk tashish hujjatlarida deklaratsiya qilinmagan tovarlarning umumiy qiymati 1 milliard 384 million so‘mni tashkil qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Barcha aniqlangan tovarlar olib qo‘yilib, vaqtincha saqlash joylariga joylashtirildi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1