Jizzaxdagi oilaviy korxona rahbari 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Jizzaxdagi oilaviy korxona rahbari 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Elektr energiyasini o‘g‘irlash jinoyati fosh etildi - "O‘zenergoinspektsiya" matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zenergoinspektsiya"ning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari viloyat prokuraturasi xodimlari bilan birgalikda tekshiruv ishlarini olib bordi. Tekshiruv davomida G‘allaorol tumanida joylashgan "A.U.B." oilaviy korxonasi faoliyati o‘rganildi. Tekshiruv davomida mazkur korxona elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi va elektr energiyasini tijorat maqsadida iste’mol qilgani aniqlandi.

Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, hududiy elektr ta’minoti tashkilotiga katta miqdorda zarar yetgan. Jami zarar 2 milliard 217 million so‘mni tashkil etdi.

Tegishli hujjatlar tuzilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, oilaviy korxona rahbari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "O‘g‘irlik" 4-qismi bilan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1