Sintetik giyohvand moddalarni tarqatuvchi shaxslar qo‘lga olindi - poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazdi. Tezkor tadbirlar chog‘ida ikki nafari ayol bo‘lgan besh kishi qo‘lga olindi. Hibsga olinganlarning barchasi Telegram messenjeri orqali zakladka yordamida sintetik giyohvand moddalarni tarqatish bilan bog‘liq ish topgan. Shunday qilib, Yunusobod tumanida ayolning yonidan dozada qadoqlangan 109 gramm sintetik giyohvandlik vositalari topilgan. Jinoyatchilardan umumiy qiymati 131 million so‘m bo‘lgan 545 o‘ram sintetik narkotik moddalar olib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish" moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Qo‘lga olinganlarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.