Nurafshonda sigaretaning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Nurafshonda sigaretaning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Sigaretaning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi - Bosh prokuratura departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nurafshon shahar boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida noqonuniy sigaretalar savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan Nurafshon shahridagi Shova mahallasida yashovchi fuqaroning uyi ko‘zdan kechirildi. Uning yonidan umumiy qiymati 140,6 million so‘mlik 8 ming 400 o‘ram kontrabanda sigaretalar, shuningdek, 780 o‘ram 30,6 million so‘mlik kontrabanda dori vositalari topildi. Aniqlangan barcha mahsulotlar olinib, dalil sifatida jinoyat ishiga qo‘shildi.

Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Saytda maqolalarga sharh qoldirish faqat nashr etilgan kundan boshlab 30 kun ichida mumkin.
-->
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1