Toshkent viloyatida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlari aniqlandi

Toshkent viloyatida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlari aniqlandi
Chet el valyutasini noqonuniy ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi - Bosh prokuratura departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura departamentining Yuqorichirchiq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida chet el valyutasini noqonuniy ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. U 4000 AQSh dollarini boshqa fuqaroga 49,2 million so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Xuddi shunday, Toshkent viloyatining Parkent tumanida ham chet el valyutasini noqonuniy ayirboshlash bilan shug‘ullangan muqaddam sudlangan shaxs qo‘lga olindi. 3500 AQSh dollarini 42,9 million so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Har ikki holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1