Toshkent metrosida tartibsizlikni keltirib chiqarganlar jazolandi

Toshkent metrosida tartibsizlikni keltirib chiqarganlar jazolandi
Huquqbuzarlar jazolandi - IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosida bir necha shaxslar turli iboralar, jumladan, behayo so‘zlar bilan baqirgani aks etgan video tarqaldi. Bu voqea toshkentliklar tomonidan keng qoralangan. Aniqlanishicha, voqea "Mashinosozlar" metro bekatida sodir bo‘lgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan jinoyat sodir etgan shaxslar aniqlanib, ular yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida sayyor sud majlisi tashkil etildi. Sud majlisida huquqbuzarlarga kelgusida bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlik sodir etgan ikki nafar voyaga yetmaganning ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik" moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik qo‘zg‘atildi. Yana to‘rt nafar katta yoshli shaxs O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Mayda bezorilik" moddasi bilan aybdor deb topildi. Ularga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan (1 236 000 so‘m) miqdorida jarima solindi.

So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1