Psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi - Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida psixotrop dori vositalarini noqonuniy ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelgan ikki erkak qo‘lga olindi. Ular navbatdagi mijozga kuchli ta’sir etuvchi "Regapen" dori vositasining 100 donasini sotayotgan vaqtda ushlangan. Ushbu dorilar uchun gumondorlar 300 AQSh dollari hamda 1,7 million so‘m olgan. Barcha psixotrop dori vositalari daliliy ashyolar sifatida musodara qilindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish" moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.