Toshkent viloyatida sudlangan shaxs voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etdi

Toshkent viloyatida sudlangan shaxs voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etdi
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 16 oktabr kuni soat taxminan 16:00 da Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, 1994 yilda tug‘ilgan Turonov M. ismli shaxs - 50-son manziliy koloniyasi mahkumlaridan biri - o‘zining mehnat faoliyatini olib borayotgan joydan qochib ketgan. Aniqlanishicha, u qochganidan so‘ng voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, jinoyatchi qo‘lga olingan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4-qismi bilan "Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish" moddasi asosida yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil avgust oyida mazkur mahkumga ilgari sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazosi yengillashtirilgan. U 2018 yilda sodir etgan jinoyati uchun Jinoyat kodeksining "Nomusga tegish" moddasi 4-qismi bilan aybli deb topilib, 16 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan edi. Mazkur modda og‘ir toifadagi jinoyat turiga kirgani sababli u muddatidan ilgari ozod etilish huquqiga ega emasdi, biroq jazosi yengillashtirilib, 50-son manzil koloniyasiga o‘tkazilgan. Shu tariqa, u jazoning qolgan qariyb 9 yilini ushbu muassasada o‘tashi kerak edi.

Endilikda jinoyatchiga nisbatan qo‘shimcha ravishda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1