"Uzenergoinspeksiya" matbuot xizmati xabar berishicha, tegishli gaz jihozlariga oid xulosalarni olmasdan faoliyat yuritgan korxonaga nisbatan choralar ko‘rildi.
Jizzax viloyati "Uzenergoinspeksiya" boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Mirzacho‘l tumanida joylashgan "G. M. S." MCHJ ishlab chiqarish korxonasining faoliyati o‘rganildi. Tekshiruv jarayonida korxonada qayta jihozlangan va rekonstruksiya qilingan, tabiiy gazni juda katta hajmda iste’mol qiluvchi gaz qurilmalari ishlatilgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jihozlar yiliga 100 ming kub metrdan ortiq tabiiy gaz sarflagan.
Shu asosda korxonaga O‘zbekiston Respublikasi qonunining No701-soniga muvofiq moliyaviy sanksiyalar qo‘llanildi. Unga ko‘ra, korxonaga 247 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.