Andijon viloyatidagi bir xususiy klinikaga sifat kafolatlanmagan dori vositalari yetkazib berilgan

Andijon viloyatidagi bir xususiy klinikaga sifat kafolatlanmagan dori vositalari yetkazib berilgan
Sifat kafolatlanmagan dori vositalarining tarqalishiga chek qo‘yildi - Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati bo‘limi xodimlari ichki ishlar organlari va bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida "Tracker" rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshirildi. Tekshiruv jarayonida ushbu avtomobilda sifatini va kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan 200 dona "Vokartin" dori vositasi tashilganligi aniqlangan. Qayd etilishicha, dorilar Izboskan tumani hududidagi bir xususiy klinikaga yetkazilayotgan edi. Shu bilan birga, jinoyatchilardan jami 3 525 dona, 16 turdagi turli dori vositalari musodara qilindi, ularning umumiy qiymati 216,8 million so‘mni tashkil etdi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish" moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1