Farg‘onalik fermerdan shartnoma tuzish evaziga "otkat" talab qilindi

Farg‘onalik fermerdan shartnoma tuzish evaziga "otkat" talab qilindi
Poraxo‘rlik holati bo‘yicha chora ko‘rildi - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyatida joylashgan "B.Y" fermer xo‘jaligi rahbari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markaziga murojaat qilgan. U shuni ma’lum qilganiki, uning fermer xo‘jaligi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Obodonlashtirish bo‘limi bilan jami 261 million so‘mlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan.

Biroz vaqt o‘tib, fermer bilan Obodonlashtirish bo‘limi bosh buxgalteri sifatida tanishtirgan shaxs bog‘langan va shartnoma summasining 10 foizini, ya’ni 26 million so‘mni, shartnoma bo‘yicha mablag’ o‘tkazilishi evaziga talab qilgan.

Fermerning murojaatiga asoslanib, huquqbuzar belgilangan miqdordagi mablag‘ni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1