Qoraqalpog‘istonlik erkak boshqaning yer uchastkasini sotishga uringan

Qoraqalpog‘istonlik erkak boshqaning yer uchastkasini sotishga uringan
DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, firibgarlik yo‘li bilan bitim tuzish urinishiga chek qo‘yildi.

DXX xodimlari Qo‘ng‘irot tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorni qo‘lga oldi. U Amudaryo tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, Taxiatosh tumanidan 50 gektar yer uchastkasini sotib berishni va’da qilgan hamda buning evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur yer uchastkasi boshqa fuqaroga quyonchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 169 gektar maydonning bir qismiga tegishli bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tadbirkorni 50 ming AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga oldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi; gumonlanuvchiga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanishi mumkin.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1