Yunusobod tumanida erkak dori vositalarini noqonuniy sotgan

Yunusobod tumanida erkak dori vositalarini noqonuniy sotgan
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dori vositalarining noqonuniy savdosi holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida dori vositalarini noqonuniy savdoga qo‘ygan erkak qo‘lga olindi. U boshqa fuqaroga "Lestsinat" nomli dori vositasining 2 000 qadoqini sotayotgan paytda ushlangan. Ushbu miqdor uchun 170 million so‘m olish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish" haqidagi moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1