FVV matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi.
Joriy yil 25-oktabr kuni soat taxminan 18:50 da "112" qisqa raqamiga ishlamayotgan AYoQSh hududida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar tushdi. Hodisa Namangan viloyati Chust tumani "Birlik" mahallasi hududida sodir bo‘ldi.
Xabardan so‘ng voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yuborildi. Biroq ular yetib borganda yong‘in aniqlanmadi. Yonilg‘i saqlash uchun mo‘ljallangan 10 tonnalik rezervuarning ko‘chirilishi chog‘ida kichik portlash yuz bergani ma’lum bo‘ldi. Portlash yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani oqibatida sodir bo‘lgani qayd etildi.
Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. U payvandchi bo‘lib, tegishli ishlarni bajarayotgan bo‘lgan. Hodisaning aniq sabablari tergov davomida aniqlanadi.