Toshkent viloyati IIBB Parkentda bola o‘limi haqidagi xabarni rad etdi

Toshkent viloyati IIBB Parkentda bola o‘limi haqidagi xabarni rad etdi
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi.

Joriy yil 18-oktabr kuni soat taxminan 11:00 da Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tuvchi "Qizilto‘g’ - Parkent - Yangi Bozor" avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 1986 yilda tug‘ilgan "Cobalt" haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, 2016 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Hodisa oqibatida bola tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga yotqizildi. Hozirda uning hayotiga xavf yo‘q.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ushbu bolaning vafot etgani haqidagi xabar tarqaldi; mazkur ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, ish materiallariga ko‘ra, YTH ishtirokchisi sifatida 1992 yilda tug‘ilgan "Damas" haydovchisi ham qayd etilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1