Qibraydagi AGTKShda 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlash sxemasi o‘ylab topilgan

Qibraydagi AGTKShda 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlash sxemasi o‘ylab topilgan
O‘zenergoinspeksiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Toshkent viloyati O‘zenergoinspeksiya boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Tadbirlar davomida Qibray tumanida joylashgan "M. S." MChJga tegishli avtomobil gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi (AGTKSh) faoliyati o‘rganildi. Tekshiruv chog‘ida shaxobchasi mas’ullari tabiiy gaz iste’molini hisoblaydigan asbobga tashqi ta’sir ko‘rsatgani hamda uning ko‘rsatkichlarini kamaytirish uchun cheklovchi qurilma o‘rnatgani aniqlangan. Natijada 5 milliard 972 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan noqonuniy iste’mol holati qayd etildi.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun yuborildi. Aybdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "O‘g‘rilik" moddasi 4-qismi bo‘yicha 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1