Xorazmda kontrabanda elektron sigaretlarning yirik partiyasi musodara qilindi

Xorazmda kontrabanda elektron sigaretlarning yirik partiyasi musodara qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kontrabanda elektron sigaretlar savdosiga chek qo‘yildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman boshqarmasi xodimlari maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida "H.P." MChJ do‘koni sotuvchisi xorijda ishlab chiqarilgan 3 dona kontrabanda elektron sigaretani 800 ming so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Shundan so‘ng olib borilgan tezkor tadbir doirasida Urganch shahri "Islomobod" MFY hududidagi yashash uyi ko‘zdan kechirilib, 8 405 dona elektron sigareta, nikotinli plastirlar va elektron sigaretalar uchun 32 turdagi suyuqlik aniqlanib, musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish" haqidagi moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1