Toshkentda sobiq soliq xodimi katta miqdordagi pulni olayotganida qo‘lga olindi

Toshkentda sobiq soliq xodimi katta miqdordagi pulni olayotganida qo‘lga olindi
DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, pul mablag‘larini olayotgan paytda gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazildi.

Tadbir DXX xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Jarayon davomida soliq organlarining sobiq xodimi, hozirda Toshkent shahrida joylashgan logistika kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlaydigan shaxs qo‘lga olindi. U lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq kompaniya ta’sischisidan 20 500 AQSh dollarini olayotganida ushlangan. Aniqlanishicha, u tadbirkorning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida QQS to‘lovchisi guvohnomasini qayta tiklash hamda 17 milliard so‘m miqdoridagi QQSning manfiy farqini qaytarib berishni va’da qilgan. Xizmatlari uchun 35 000 AQSh dollari talab qilgani qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasi 4-qismi va "Jinoyat ishtirokchilarining turlari" moddasi orqali "Pora berish" moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchiga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Qayd etilishicha, dastlabki tergov davomida buxgalter o‘zining jinoyatdagi sherigini ham fosh qilgan. Hozirda soliq organlarida ishlayotgan mazkur shaxs reja ijrosiga ko‘maklashishi lozim bo‘lgan. U ham gumonlanuvchi sifatida ish doirasiga jalb etildi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1