Oliy sud matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi hozirda tergov hibsxonasida saqlanmoqda. Joriy yil 10-iyul kuni Jizzax shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi ajrimi bilan unga ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llangan. Qayd etilishicha, sobiq mansabdor shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalariga muvofiq ayblov qo‘yilgan: "O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish", "Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish", "Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish", "Mansab soxtakorligi", "Pora olish" hamda "Yer berish tartibini buzish".
Hozirda sobiq mansabdor shaxsga oid jinoyat ishi Arnasoy tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ish yurituvida. Yaqin kunlarda dastlabki sud majlislari boshlanishi rejalashtirilgan.