Buxoroda bir ayol plastik jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda uning qarindoshlari xabar berishdi.
Xabarlarga ko‘ra, 24 yoshli Shahrizabegim Xoliqova 25-sentabr kuni Buxorodagi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. U plastik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan.
Xoliqovaning qarindoshlari shifokor operatsiyadan oldingi zarur tekshiruvlarni o‘tkazmaganini ta’kidlashmoqda. Bundan tashqari, operatsiyadan ikki soat oldin ayoldan qon olingan, natijada gemoglobin darajasi pastligi aniqlangan. Xavflarga qaramay, Shahrizabegim operatsiya qilingan.
Jarrohlik amaliyotidan so‘ng ayolni ahvoli keskin yomonlashgan. Shifokor o‘zining xususiy klinikasi xodimidan qon olib, bemorga quyishga qaror qilgan. Keyinchalik Xoliqovaning buyraklari ishdan chiqqan va 27-sentabr kuni u shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. 24-oktabr kuni ayolning qarindoshlariga uning Toshkentda davolanishga muhtojligi haqida xabar berildi. Afsuski, Shahrizabegim poytaxtga ketayotganda vafot etgan. Uning orqasida ikki farzandi qoldi: 6 yoshli o‘g‘li va 3 yoshli qizi.