Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi mashhur Potrebitel.uz guruhida ayol qo‘shnisining qilmishi haqida xabar qoldirdi. Ayol qo‘shnisining mashinalar uchun joy bo‘shatish uchun daraxtdan qutulmoqchi bo‘lganini tasvirlab berdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shnisi mutlaqo sog‘lom daraxt shoxlarini qirqqan. Ogohlantirilib, profilaktika inspektori chaqirganidan so‘ng, erkak bir necha kun davomida daraxt ildizlari ostiga noma’lum moddani to‘kib yuborgan.
"Endi bu "mehribon" qo‘shni bir necha kundan beri daraxtning ildizi ostiga qandaydir moddani to‘kib, nimadir bilan sug‘orib kelayapti. Ko‘z o‘ngimizda daraxt o‘lib ketyapti. Shu daraxtning yonida mashinalar to‘xtash joyi bor, nahotki mashina daraxtdan muhimroq?", - dep ayol guruhda yozgan.