Rossiya fuqarosi Valentina Aleksandrova UPL muxbiri bilan suhbatda o‘zbek yigiti bilan hayoti haqida gapirib berdi. Boshqa ruslar ham xuddi shunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun u o‘z hikoyasini baham ko‘rishga qaror qildi.
"So‘nggi yillarda Rossiyada mehnat muhojirlariga nisbatan salbiy munosabat kuzatilmoqda. Vaziyatning ikki tomoni bor: mehnat muhojirlari orasida haqiqatdan ham qonunbuzarlar ko‘p bo‘lsa-da, hamma migrantlar ham jinoyatchi emas. Afsuski, har kuni televizor va xabarlarda odamlarga migrantlar qanchalik yomon ekani aytilsa, odamlar bunga ishona boshlaydi va salbiy munosabat rivojlana boshlaydi.
Men erim bilan bir yil oldin tanishdim. U O‘zbekistondan Moskvaga kelgan. O‘shanda men ham muhojirlarga salbiy munosabatda bo‘lganman. Men kvartirada ijarada yashayman, kvartiramdagi suv quvurlari buzildi. Men ta’mirchini chaqirdim, u keldi. Uning rus emasligini ko‘rib, salbiy munosabat bildirdim. Men kegan ustaga hurmatsizlik qildim. U xafa bo‘lmadi, qo‘pollik qilmadi; aksincha, u o‘zini juda professional tutdi.
U bir soat ichida hammasini tugatdi. Ishni ko‘rgani borganimda, u hamma narsani juda ehtiyotkorlik bilan bajargan va hamma narsani o‘zi tozalagan. Men unga pul berdim, adashib kelishilganidan ko‘p pul beribman. U hisoblab, ortiqcha pulni qaytarib berdi. U ketayotib, men juda chiroyli ekanligimni va ko‘proq tabassum qilishimni aytdi. Bu flirt emas, aksincha juda samimiy va yoqimli eshitildi. Vaqt o‘tdi va men yana usta chaqirishga majbur bo‘ldim. Ta’mirchilarni qidirayotib, uni esladim. Men unga qo‘ng‘iroq qildim, u yana keldi. Bu safar suhbatlashdik va bildimki, o‘sha paytdagi bo‘lajak turmush o‘rtog‘im juda bilimli, odobli inson ekan. U rus tilini yaxshi bilardi.
Bir necha sayohatdan so‘ng, biz uchrasha boshladik. Uning g‘amxo‘rligi, xarajatlarimni qoplagani va buning uchun qattiq mehnat qilishi meni hayratda qoldirdi. Va eng muhimi, u juda sportchi - u ichmaydi va chekmaydi, bu men uchun juda muhim. Mening sobiq yigitim tez-tez ichardi va bu bizning munosabatlarimizni buzardi. Hozir Moskvada bunday yigitlarni topish qiyin. Bir-ikki oydan keyin u turmush qurishni taklif qildi va en rozi bo‘ldim. Men O‘zbekistonda bo‘lishgayam ulgurdim va menga juda yoqdi.
Endi tushundimki, birovni yaxshi bilmay, yomon munosabatda bo‘lganim noto‘g‘ri edi. Bu yerga ishlash uchun kelgan o‘zbek yoki tojikning hammasi ham yomon emas, xuddi ruslarning hammasi ham yaxshi emas dek. Har bir xalqning yaxshi va yomon odamlari bor. Men odamlarga, millatlarga tamg‘a qo‘yganim dahshatli bo‘ldi. Hammaga shuni aytmoqchimanki, insonni hukm qilishdan oldin uni bilish kerak", - deb yozadi qiz.