Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga tashrif buyuradi. Durov 2 oktyabr kuni Ostona shahrida nutq so‘zlaydi.
Xabarlarga ko‘ra, Pavel "Digital Bridge" xalqaro forumida ishtirok etadi. Forumda Qozog‘istonda sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda Qozog‘iston prezidenti ham ishtirok etadi. "Alem.ai" xalqaro sun’iy intellekt markazi ochilishi kutilmoqda.