Narxlar oshishiga qaramay pulni qanday jamg‘arish va qadrsizlanishdan saqlash mumkin?

Narxlar oshishiga qaramay pulni qanday jamg‘arish va qadrsizlanishdan saqlash mumkin?
O‘tgan yozda men bir yilda past kuchlanishda ishlaydigan muzlatgich uchun pul yig‘ishni maqsad qilgan edim. O‘shanda uning narxi 4 million so‘m edi. Har oy 350 000 so‘mdan jamg‘arib bordim. Lekin bir yil o‘tib do‘konga borsam, o‘sha muzlatkich narxi 6 million so‘mga yetganini ko‘rdim.

Natijada, xuddi o‘sha pul evaziga men ilgarigiga qaraganda kamroq narsa sotib ololardim. Balki pulni uyda saqlash yaxshi fikr emasdir? Keyin qidira boshladim - inflyatsiyadan o‘zib ketmasam ham, hech bo‘lmasa jamg‘armamni asrab qolishning yo‘lini topishim kerak.

Nega pul "kopilkada" qadrsizlanadi?


Pulning qadrsizlanishi - bu uning xarid qobiliyatining pasayishi demakdir. Ya’ni, vaqt o‘tishi bilan biror narsaga yetgan pul keyinroq shunga yetmay qoladi, va bu inflyatsiya deb ataladi. G‘aladonning eng katta dushmani ham shu.

Inflyatsiya ta’sirini kamaytirish uchun jamg‘armani ishlatish kerak, ya’ni pul qo‘shimcha mablag’ keltirishi kerak. Masalan, TBC Bank so‘mdagi omonati inflyatsiya o‘sishini qoplaydi: hozirda u muddat va shartlarga qarab 17-22%gacha daromad olib keladi.

Aslida pul yig‘ayotgandek bo‘lamiz-u, lekin pulimiz shunchaki uyda yotsa, har oy oz-ozdan yo‘qotib boramiz.

Jamg‘armam qadrsizlanmasligi uchun nima qildim?


Pulni ko‘rpacha ostida saqlash foyda bermasligini tushunib, boshqa yo‘llarni qidira boshladim. Bir qismini dollarda, qolganini esa TBC Bankga muddatli omonatga qo‘ydim. Kundalik xarajatlar uchun esa Odat omonati va Salom Card’dan foydalana boshladim. Natijada:

Valyuta. Dollarda unchalik omadim kelmadi: 100 dollarni 1 290 000 so‘mga oldim, hozir esa dollar kursi 12 130 so‘m. Kurs tushgani sababli yana zarar ko‘rdim.

Muddatli omonat. Bu masalada esa natija yaxshiroq: 2 mln so‘mni yillik 20% daromad bilan omonatga qo‘ydim. Yarim yil ichida taxminan 200 000 so‘m daromad qildim.

Odat omonati. Pulni istalgan paytda qo‘yish yoki yechib olish imkoniyati bilan juda qulay. Maosh olganimda asosiy qismini Odat omonatiga o‘tkazaman, qolganini kundalik xarajatlarga ishlataman. Bank omonatdagi qoldiqqa yiliga 17% hisoblaydi. Shuning uchun byudjetdan chiqmaslikka va behudaga pul yechmaslikka harakat qilaman. Yetmay qolsagina, kerakli mablag‘ni foizlarni yo‘qotmagan holda omonatdan o‘tkazaman.

Salom Card. Bu mening asosiy kundalik kartam. Hamkorlardan qilingan xaridlar uchun 5% keshbek, shuningdek, hisobdagi qoldiqqa har kuni yillik 12% hisoblanadi. Foizlar oyning oxirida jamlanib, keyingi oy kartaga tushadi. Masalan, iyul oyida iyun uchun hisoblangan 35 166 so‘m bonus oldim.

Foizlar har kuni 100 000 so‘mdan ortiq qoldiqqa qo‘shiladi. Bonus miqdoriga cheklov yo‘q: qancha ko‘proq pul qoldirsangiz, keyingi oy shuncha ko‘p daromad olasiz.

Xulosa


Endi pulni uyda emas, bankda saqlayman va undan foiz olaman. Ha, mablag’ hozircha kichik, lekin muhimi - pulim qadrsizlanmayapti, aksincha, asta-sekin ko‘paymoqda, bu esa meni hotirjam qiladi.

Agar siz ham sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, kichik qadamlardan boshlang. TBC Bank ilovasida Salom Card’ni rasmiylashtirish va Odat omonatini ochishingiz mumkin. Kartani kuryer bepul yetkazadi, hisob esa bir daqiqada ochiladi. Keyin esa odatdagidek xarajat qilasiz, faqat keyingi oy yoqimli bonuslarga ega bo‘lasiz.

Ishonchim komilki, keyingi yozda men albatta muzlatkich sotib olaman. Chunki endi mening pullarim bekor yotmaydi - ular asta-sekin, lekin barqaror o‘smoqda.

Reklama
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1