Toshkent shahrida yashovchining Jetour X70 rusumli avtomashinasi musodara qilindi

Toshkent shahrida yashovchining Jetour X70 rusumli avtomashinasi musodara qilindi
Musodara qilingan mol-mulkni kimoshdi savdosiga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda - Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Chilonzor tumani Majburiy ijro byurosiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudidan ijro ishi kelib tushdi. Erkakning boshqa fuqarodan 121 200 000 so‘m qarzi borligi aniqlangan. Shu yilning 10 sentabr kuni qarzdorga sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 10 kun muhlat berilgan, biroq u bu talabni e’tiborsiz qoldirgan.

"MIB-portal" ixtisoslashtirilgan elektron dasturi yordamida qarzdor JETOUR X70 rusumli avtomashinaga egaligi aniqlandi. Shunga ko‘ra avtomashina band va taqiqlar solindi.

Qarzdor qarzni to‘lamaganligi sababli uning avtomashinasi musodara qilinib, jarima maydonga joylashtirildi. Hozirda avtomobilni baholash va uni onlayn auksionga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1