Garovga qo‘yilgan transport vositalari kim oshdi savdosiga qo‘yilishi mumkin - Jizzax viloyati Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.
Agar qarz oluvchi bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa, sud kredit qarzini majburiy undirish uchun ijro varaqasi beradi. Xususan, Byuroning Paxtakor tuman bo‘limiga suddan tijorat banklari foydasiga qarzdorlardan kredit bo‘yicha qarzlarni undirish bo‘yicha ijro varaqalari kelib tushgan.
Tegishli tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ijro ishi yuritish jarayonida qarzdorlarga tegishli avtotransport vositalari aniqlanib, olib qo‘yildi.
"VAZ-2108" va "Neksiya-1" avtomashinalari shu tariqa jarima maydoniga joylashtirildi. Bu avtomobillar keyinchalik auksion savdosida sotiladi va tushgan mablag’ mavjud qarzni to‘lashga sarflanadi. Agar sotish narxi mavjud qarzdan oshsa, farq transport vositalari egalariga qaytariladi.