Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati fuqarolarga qurilish maydonchasi pasportiga QR kodlar joriy etilishi haqida eslatdi.
Ma’lum qilinishicha, tasdiqlangan qurilish maydonchasi pasportlarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, har bir yangi qurilish maydonchasi pasportida QR kod bo‘lishi kerak. Yangi qurilish maydonchasi pasporti qurilish maydonchasiga kiraverishda yoki jamoat uchun ochiq bo‘lgan boshqa joyda o‘rnatilishi kerak.
Maxsus pasportda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
1. Ob’ektning nomi va manzili;
3. Buyurtmachi, loyihachi va pudratchining nomi;
4. Buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining nazorati va pudratchining ichki nazorati bo‘yicha mutaxassisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5. Qurilish muddati (boshlanish sanasi va tugatish sanasi);
6. Ob’ekt, uchastka, bosh reja va bosh reja reestrining umumiy ko‘rinishlari;
7. QR kod ("Shaffof qurilish" milliy axborot tizimining "Qurilishda davlat nazorati" elektron platformasiga havola);
8. Hududiy inspektsiyada qurilish loyihasining sanasi va ro‘yxatga olish raqami.
Qayd etilishicha, qurilish obyekti hududiy inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng "Shaffof qurilish" axborot tizimidagi loyiha haqidagi birlamchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan sahifa uchun avtomatik ravishda QR-kod hosil bo‘ladi.