Transport vazirligi matbuot xizmati Andijon viloyatiga elektrobuslar yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Andijonda jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar viloyatda jamoat transporti qatnovini yaxshilash, sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi barcha korxonalar avtobus parklarini yangilamoqda.
Shu bois Andijon shahrida faoliyat yurituvchi "AND ECO TRANSPORT" MChJ Xitoyning Lanzhou Guangtong New Energy Automobile Co., Ltd. ishlab chiqaruvchisidan 60 dona CAMBELL elektr avtobuslarini xarid qilishga kelishib oldi.
Qayd etilishicha, elektrobuslarni Andijonga yetkazib berish jarayoni endi Xitoydagi zavoddan boshlangan. Ular avtomobil orqali yetkaziladi.