Fuqarolik jamiyati va inson huquqlari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi kengashi rahbari Valeriy Fadeyev O‘zbekistonning Moskva uchun dunyoviy modelni tatbiq etish tajribasi muhimligini ta’kidladi.
Fadeyev Rossiyada ko‘pxotinlilik va niqab kiyishni tartibga solish bilan bog‘liq masalalar faol muhokama qilinayotgani, O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi.
Siyosatchining qayd etishicha, norasmiy ko‘pxotinlilik Rossiya Federatsiyasida allaqachon mavjud. Fadeyev bu vaziyatni muammo deb atadi va Rossiya jamiyatida bunday munosabatlarni qonuniylashtirish bo‘yicha davom etayotgan munozaralarga ishora qildi.
Fadeyev O‘zbekiston qat’iy dunyoviy siyosat yuritayotganini ta’kidladi. Respublikada ko‘p xotin bilan birga yashashni targ‘ib qilganlik uchun qattiq jazolar qo‘llanilmoqda.