7-oktabrdan Nurafshonda ikkita qatnovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ular quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi:
• 1-son - Qorasuv va Burnalik qishloqlari oralig‘ida;
• 2-son - Makro supermarket - Bobur ko‘chasi - Dog‘antepa mahallasi - Nurafshon shahri.
Avtobuslar ertalab soat 6:00 dan 22:00 gacha ishlaydi.