JSST ma’lumotlariga ko‘ra, chikungunya isitmasi bu yil butun dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, isitma 40 ta davlatda aniqlangan. Birgina Amerika qit’asining o‘zida 100 329 kishi ushbu kasallikka chalingani tasdiqlangan. 228 591 kishi yuqtirganlikda gumon qilinmoqda. Kasallik oqibatida 115 kishi vafot etgan. Yevropada virus 56 456 kishida aniqlangan bo‘lsa, Janubiy va Sharqiy Osiyoda 3 420 kishiga tashxis qo‘yilgan.
Alomatlar orasida isitma, kuchli bo‘g‘im og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, charchoq, toshma va bo‘g‘imlarning shishishi mavjud. Kasallik Aedes aegypti va Aedes albopictus chivinlari orqali yuqadi, ular boshqa viruslarni, shu jumladan dang isitmasi ham yuqishi mumkin.
Shunisi e’tiborga loyiqki, hozirda ushbu kasallik uchun ikkita vaktsina mavjud. Chikungunya isitmasidan o‘lim darajasi nazorat ostida, ammo kasallikning tez tarqalishi JSST rasmiylarini xavotirga solmoqda.