Aralash yakkakurashlar (MMA) assotsiatsiyasining yangi raisi etib amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshpo‘latov Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov o‘rnini egalladi, u 2020-yil avgustidan buyon assotsiatsiyani boshqarib kelgan. Mazkur tayinlov mamlakatimizda jangovar sport turlarini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
Bu Aziz Toshpo‘latovning joriy yildagi ikkinchi yirik sport lavozimidir. Avvalroq, aprel oyida u ham O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylangan edi.
Aralash yakkakurashlar assotsiatsiyasi 2019-yilda tashkil etilgan.Ushbu assotsiatsiyaning birinchi rahbari etib saylangan Otabek Umarov mazkur tashkilot avvallari mustaqil ravishda mashq qilish va musobaqalarda qatnashishlari kerak bo‘lgan jangchilarga yordam berish maqsadida tashkil etilganini ta’kidladi.