Monitoring tashrifi bo‘lib o‘tdi - Bolalar ombudsmanı matbuot xizmati xabar berdi.
Bolalar huquqlari bo‘yicha Samarqand viloyatidagi hududiy vakili viloyat IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga monitoring o‘tkazdi. Tashrif davomida Markazda 15 nafar voyaga yetmaganlar, jumladan, yetti nafar qiz saqlanmoqda.
Monitoring davomida voyaga yetmaganlarning yashash sharoiti, ularning ta’lim-tarbiya olishi, uyqusi, dam olishi, sanitariya-gigiyena holati, ovqatlanishi o‘rganildi. Bolalar bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Ularning ayrim hujjatlari o‘rganilganda ularning Markazda saqlanishi maqsadga muvofiq emasligi ma’lum bo‘ldi. Ular o‘z oilalari, ota-onalari, yaqinlari bag‘riga qaytariladi.
Shuningdek, tashrif yakunlari bo‘yicha markaz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyatini takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.