Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlarga nisbatan choralar ko‘rildi - "O‘zenergoinspektsiya" matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zenergoinspektsiya" xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan "L.T." oilaviy korxonasida tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida tadbirkorlik sub’ekti elektr ta’minoti korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida zarur loyiha hujjatlari olinmasdan elektr tarmoqlariga ulangani aniqlandi.
Mazkur qoidabuzarlik natijasida tadbirkorga 150 ta asosiy hisob birligi (61 800 000 so‘m) miqdorida jarima solindi. Ushbu jarimaga O‘zbekiston Respublikasining 701-sonli qonuni asos bo‘ladi.
Shuningdek, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish" moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.