Tashkilot avtomobili qarzdorlikni qoplash maqsadida sotilgan - Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ajrimi bilan Uchtepa tuman Majburiy ijro byurosiga S.M. MChJdan 68 157 690 AQSh dollarini "Asaka" bank foydasiga undirish to‘g‘risida ijro ishi kelib tushdi. Xususan, undirish garovga qo‘yilgan Malibu avtomobiliga yo‘naltirilishi kerak edi.
Qarzdor avtomashinani Byuro xodimlariga topshirmagani uchun "Malibu" qidiruvga berilgan. Biroz vaqt o‘tgach, qidiruvdagi mashina topilib, jarima maydonchisiga joylashtirildi.
Keyinchalik avtomobil belgilangan tartibda onlayn auksionga qo‘yilib, 130 395 038 so‘mga sotildi. Barcha tushumlar qarzni to‘lash uchun ishlatilgan. Majburiy harakatlar davom etmoqda.