Energetika vazirligi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Joriy yilning 16-oktabr kuni taxminan soat 8:00 larda Yangixayot tumanidagi Mash’al MFY hududida suv quvurida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan edi. Ta’mirlash vaqtida avtomashina o‘rta bosimli gaz quvuriga to‘qnashib ketgan. Avariya oqibatida uchta ko‘p qavatli uy va 220 ta xususiy uy gazsiz qolgan. Jami 570 xonadon gazsiz qolgan.
Ayni paytda ta’mirlash brigadalari avariya holati bartaraf etish ustida ishlamoqda. Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi. Suv ta’minoti ham barqarorlashadi.
Vazirlik yaqin atrofdagi uylar aholisidan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.