Samarqandlik erkakdan BYD rusumli avtomashina olib qo‘yildi

Samarqandlik erkakdan BYD rusumli avtomashina olib qo‘yildi
Qidiruvdagi avtomashina topildi - Samarqand viloyati Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Majburiy ijro byurosiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudidan ijro hujjati kelib tushgan. Hujjatga ko‘ra, erkakning bankdan 318 million so‘m qarzi bo‘lgan.

Qarzdor tomonidan qarzni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha belgilangan muddatda ijro hujjatini bajarmaganligi sababli va amaldagi qonunchilikka asosan ushbu shaxsning BYD rusumli avtomashinasi qidiruvga berilgan. Byuro tergov bo‘limi tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida qarzdorga tegishli "BYD" rusumli avtomashina Jomboy tumanida aniqlandi.

Hozirda transport vositasi talabga binoan vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilib, ijro hujjati ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Qarzdorning avtomobili onlayn-auksionda sotilishi mumkin.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1