Saudiya Arabistoni Haj va Umra ziyoratchilari uchun viza tartibini o‘zgartirdi

Saudiya Arabistoni Haj va Umra ziyoratchilari uchun viza tartibini o‘zgartirdi
Saudiya Arabistonining Haj va Umra vazirligi 2026 yilgi mavsum uchun yangi viza qoidalarini e’lon qildi. Endilikda vizalar Nusuk platformasi orqali berilgan tibbiy ma’lumotnomaga ega shaxslarga beriladi. Bundan tashqari, Umra va Haj safarlarini tashkil etuvchi idoralarga har bir ziyoratchini har bir ziyoratchini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, safar davomida ularning xavfsizligiga putur yetkazuvchi kasalliklarni aniqlash vazifasi yuklatildi.

Vazirlik, shuningdek, quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilar haj safariga yuborilmasligi ma’lum qilindi:
1. Dializni talab qiladigan buyrak etishmovchiligi;
2. Yurak etishmovchiligi, hatto minimal jismoniy zo‘riqish bilan ham namoyon bo‘ladi;
3. Vaqti-vaqti bilan yoki doimiy kislorod yuborishni talab qiluvchi surunkali o‘pka kasalligi;
4. Jigar etishmovchiligi belgilari bilan og‘ir jigar sirrozi;
5. Og‘ir ruhiy va nevrologik kasalliklar;
6. Qarilik demensiyasi;
7. Homiladorlikning oxirgi uch oyi, shuningdek, har qanday yuqori xavfli homiladorlik;
8. O‘tkir yuqumli kasalliklar (shu jumladan ochiq sil, gemorragik isitma va boshqalar);
9. Kimyoterapiya yoki immunosupressiv davolashning boshqa turlari paytida o‘tkir onkologik kasalliklar.

Qayd etilishicha, mazkur talablar buzilgan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda vazirlik tegishli choralar ko‘radi.

"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoat kengashi ziyoratchilarni ushbu talablarga qat’iy rioya qilishga chaqiradi va bu talablar ziyoratchilarning hayoti va salomatligini asrashga qaratilganligini ta’kidlaydi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1