Qarzlari uchun qidiruvda bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olinmoqda - "UzA" nashri xabar berdi.
Navoiy viloyati Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan qarz majburiyatlarini bajarmasdan yashirinayotgan qarzdorlarni aniqlashga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ular yashirayotgan mol-mulkni topish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
2025 yil davomida 250 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs topilib, ulardan jami 390 million so‘m miqdoridagi qarz undirilgan. Hozirda yana 173 nafar qarzdor qidirilmoqda. Ulardan 125 nafari mamlakat hududida yashirinmoqda, qolgan 48 nafari esa chet elga chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, yaqinda Navbahor tumanida yashovchi fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgan paytda qo‘lga olingan. U 2023 yildan beri qidiruvda bo‘lgan. Qarzdorning mamlakatga qaytish sababi pasportini almashtirish bo‘lgan. Erkak uch nafar farzandining uchun 85,7 million so‘m miqdorida aliment to‘lamagan. Ushbu summa to‘liq undirib olindi.