Vazir Toshkentda bolalarni qutqarib qolgan talabani mukofotladi

Vazir Toshkentda bolalarni qutqarib qolgan talabani mukofotladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 16 oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muxriddin Ilashov Yangihayot tumanida bolalarning hayotini saqlab qolgan. Qayd etilishicha, u bu jarayonda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Shu munosabat bilan, joriy yil 18 oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov jasorat ko‘rsatgan talabani faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirladi. Vazir fuqaroning mardligi va fidoyiligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Qo‘ng‘irotboy Sharipov ushbu talaba nafaqat o‘qish maskani, balki butun O‘zbekiston yoshlari uchun ham haqiqiy qahramonlik namunasi bo‘lganini qayd etdi.

Bugungi kunda yoshlar orasida insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlash nihoyatda muhim, - dedi vazir.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1