Toshkent shahrida yashovchi fuqaroning "KIA K5" avtomobili musodara qilindi

Toshkent shahrida yashovchi fuqaroning "KIA K5" avtomobili musodara qilindi
Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qidiruvga berilgan avtomobil topildi.

2025 yil 7 iyuldagi Mirzo-Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik ishlari sudi qaroriga asosan, poytaxt Majburiy ijro byurosiga fuqaroning "Asakabank" oldidagi qarzini undirish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan. Fuqaroning bank oldidagi jami qarzi 265,43 million so‘mni tashkil qilgan. Qarz bo‘yicha garov sifatida avtomobil "KIA K5" belgilangan bo‘lib, sud uni undiruvchi foydasiga musodara qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Biroq qarzdor avtomobilni ixtiyoriy ravishda topshirmagan va Majburiy ijro byurosi xodimlaridan yashirgan. Shu sababli avtomobil qidiruvga berilgan edi.

Tezkor tadbirlar davomida "KIA K5" avtomobili qarzdorning yashash joyiga yaqin ko‘p qavatli uylar mahalladan topildi. Ijro harakatlari davomida byuro xodimi, maxsus texnika (evakuator), profilaktika inspektori va guvohlar ishtirokida avtomobilni undiruvchi huzurida musodara qilib, vaqtincha saqlash uchun maxsus avtoturargohga joylashtirdi. Hozirda musodara qilingan transport vositasini auksion orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1