Yig‘ilish davomida mutaxassislar "Korrupsiyani va unga aloqador huquqbuzarliklarni bildirgan shaxslarni himoya qilish"ga oid qonun loyihasini muhokama qilishdi. Muhokamalarda turli vazirlik va idoralar, xalqaro ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Xususan, muhokamalarda Litva Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Monika Kalinauskene ham qatnashdi.
Ushbu qonun korrupsiyani bildirgan shaxslarning huquqlarini samarali himoya qiladi, aniq huquqiy kafolatlar va mexanizmlarni yaratadi, - dedi u.
BMTning korrupsiyaga qarshi konventsiyasi va Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti metodologiyasiga muvofiq, himoya barcha shaxslarga tatbiq etilishi lozim, ya’ni o‘z ish yoki xizmat faoliyati davomida korrupsiyani va unga aloqador huquqbuzarliklarni bildirgan har bir shaxsni qamrab oladi.
Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, himoya o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ma’lumot olgan har qanday shaxsga tatbiq etiladi, davlat yoki xususiy sektorda ishlashidan qat’i nazar. Ushbu yondashuv xalqaro metodologiya mezonlariga mos keladi.